Marketing 7-san (2026)
TURISTIK HUDUD IMIJINING KOMMUNIKATSION TAʼSIRLAR ASOSIDA DINAMIK MATEMATIK MODELI
Jabborov N.M., Yunusova Sh.M., Mirzoodilov J.N.
Annotaciya
Mazkur maqolada turistik hudud imijining kommunikatsion taʼsirlar asosida shakllanishi dinamik matematik yondashuv orqali tadqiq etildi. Tadqiqotda hudud imiji, tashrif buyurish niyati, kommunikatsion faollik, onlayn sharhlar, reytinglar va salbiy axborot oʻzaro bogʻliq holat oʻzgaruvchilari sifatida qaraldi. Ushbu omillar oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalovchi beshta nochiziqli differensial tenglamadan iborat model ishlab chiqildi. Model yechimlarining manfiy boʻlmasligi va chegaralanganligi nazariy jihatdan isbotlandi. Olingan natijalar kommunikatsion taʼsir va reytinglarning hudud imiji hamda tashrif niyatini mustahkamlashini koʻrsatdi. Taklif etilgan model turistik hududlarni boshqarishda prognozlash, ssenariy tahlili va kommunikatsion strategiyalarni ilmiy asosda takomillashtirish uchun metodik asos yaratdi.
turistik hudud imiji, kommunikatsion taʼsir, dinamik model, differensial tenglamalar, tashrif niyati, onlayn sharhlar, reputatsiya, turizm boshqaruvi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.