Marketing № 6 (2026)
HUDUDLAR RIVOJLANISHIDA KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH UCHUN XAVFSIZLIK MEXANIZMINING NAZARIY VA METODOLOGIK TAMOYILLARI
Xalilov Nurullo Xamidillayevich
Аннотатсия
Mazkur maqolada hududlar rivojlanishida korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi xavfsizlik mexanizmining nazariy-metodologik asoslari tadqiq etildi. Tadqiqotda joylashuv ustunligi, resurs yondashuvi, dinamik qobiliyatlar va risk-menejment konsepsiyalari qiyosiy tahlil qilindi. Ularning oʻzaro bogʻliqligi asosida tizimlilik, profilaktik yoʻnalganlik, moslashuvchanlik va oʻlchanadigan natijadorlik tamoyillari shakllantirildi. Xalqaro standartlar, raqobatbardoshlik indekslari hamda Oʻzbekistonning rasmiy statistik maʼlumotlari nazariy xulosalarni asoslash uchun qoʻllanildi. Olingan natijalar xavfsizlik mexanizmini maqsad, element, funksiya va koʻrsatkichlar zanjiri asosida qurish korxona faoliyati uzluksizligini taʼminlash, resurs bazasini mustahkamlash va hududiy raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv boshqaruv qarorlarini tizimlashtirish va hududiy sanoat siyosatini korxona darajasidagi amaliyot bilan uygʻunlashtirish uchun ishonchli ilmiy asos yaratdi hamda natijalarni amaliy monitoring tizimlariga tatbiq etish imkoniyatini kengaytirdi.
xavfsizlik mexanizmi, raqobatbardoshlik, hududiy rivojlanish, risk-menejment, dinamik qobiliyatlar, resurs yondashuvi, monitoring, sanoat siyosati.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.