Marketing 7-сан (2026)
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING RAQAMLI PLATFORMALARGA INTEGRATSIYALASHUV DARAJASINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI
Tursunxoʻjayeva Gulnoza Jamoliddin qizi
Аннотация
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarining raqamli platformalarga integratsiyalashuv darajasini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda institutsional-huquqiy, tashkiliy-infratuzilmaviy, iqtisodiy-moliyaviy, axborot-tahliliy va tashqi bozor bloklari oʻzaro bogʻliq tizim sifatida baholandi. Xalqaro tajriba, rasmiy statistika va milliy normativ-huquqiy manbalar asosida integratsiyaning bosqichlari, vositalari va kutilayotgan natijalari tizimlashtirildi. Natijalar huquqiy aniqlik, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, tashkiliy moslashuv va maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv platformali savdoni rivojlantirishda muhim omil boʻlganini koʻrsatdi. Taklif etilgan mexanizm bozor qamrovini kengaytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va kichik biznesning raqamli rivojlanishini izchil qoʻllab-quvvatlash uchun amaliy asos yaratdi. Integratsiya darajasini boshlangʻich, oʻrta va yuqori bosqichlarga ajratish korxonalarning raqamli yetukligini izchil baholash imkonini berdi. Tahlil platforma imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun huquqiy, moliyaviy va tashkiliy vositalarni uygʻunlashtirish zarurligini asoslab berdi.
kichik biznes, raqamli platforma, integratsiyalashuv, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, elektron tijorat, raqamli yetuklik, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, monitoring.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.