Marketing (2026)
XORIJIY MAMLAKATLARDA HUDUDLAR INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH TAJRIBASI VA UNDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Olimjanov Islomjon Odiljon oʻgʻli
Аңдатпа
Maqolada xorijiy mamlakatlarda hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha shakllangan tajriba qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Investitsiyalarni hududlarga jalb etishda qo‘llanilgan institutsional, rejimli va infratuzilmaviy yondashuvlarning mazmuni tahlil qilindi. Irlandiyada investitsiya agentligi orqali hududiy muvozanatni ta’minlash, Polshada investitsiya imtiyozlarini geografik chegaralardan chiqarish hamda xalqaro amaliyotda institutsional dizayn sifatini oshirish tajribalari tizimlashtirildi. Xorijiy tajribani milliy sharoitga bevosita ko‘chirish emas, balki mahalliy huquqiy va iqtisodiy muhitga bosqichma-bosqich moslashtirish zarurligi asoslandi. O‘zbekiston hududlarining investitsiya ko‘rsatkichlari asosida mazkur tajribalardan foydalanish imkoniyatlari baholandi. Natijada hududiy investitsiya siyosatini takomillashtirish, maxsus rejimlar samaradorligini baholash va tartibga solish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
investitsion jozibadorlik, hududiy investitsiyalar, xorijiy tajriba, investitsiya siyosati, investitsiya agentligi, investitsiya imtiyozlari, institutsional mexanizm, maxsus iqtisodiy rejim, xorijiy investitsiyalar, hududiy rivojlanish.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.