Marketing № 8 (2026)
OʻZBEKISTON NODAVLAT OLIY TAʼLIM BOZORIDA RAQOBAT MUHITINING SHAKLLANISHI VA MARKETING STRATEGIYALARINING RIVOJLANISHI
Xidoyatov Murod Batirovich
Аннотатсия
Mazkur maqolada Oʻzbekiston nodavlat oliy taʼlim bozorida raqobat muhitining shakllanishi va marketing strategiyalarining rivojlanishi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda rasmiy statistik maʼlumotlar asosida nodavlat OTMlar soni, talabalar ulushi, bozor oʻsish surʼati, muassasalar miqyosi va CR10 koʻrsatkichi baholandi. Natijalar nodavlat sektorning tizimli ravishda kengayganini, bozor oʻsish surʼati sekinlashgan sharoitda raqobatning kuchayganini va segment ichida sezilarli tabaqalanish shakllanganini koʻrsatdi. Differensiallashuv, brend pozitsiyalash, qiymat taklifi, dasturlarni diversifikatsiya qilish va karyera imkoniyatlarini ochiq namoyish etish ustuvor marketing yoʻnalishlari sifatida asoslandi. Narx, sifat, akkreditatsiya va bitiruvchilar bandligi boʻyicha shaffof kommunikatsiyaning ahamiyati ham yoritildi. Taklif etilgan yondashuv nodavlat OTMlar uchun bozor sharoitiga mos strategik qarorlar ishlab chiqishga, maqsadli auditoriyani aniqroq segmentlashga va raqobatbardosh pozitsiyani mustahkamlashga ilmiy asos yaratdi.
nodavlat oliy taʼlim, raqobat muhiti, marketing strategiyasi, brend pozitsiyalash, CR10, qiymat taklifi, talabalar bozori, differensiallashuv.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.