Marketing № 6 (2026)
SOGʻLIQNI SAQLASH BOSHQARUVIDA ELEKTRON TIBBIY YOZUVLAR INTEGRATSIYASINING BOSHQARUV SAMARADORLIGIGA TAʼSIRINI BAHOLASH
Turayeva Nafisa Odiljonovna
Аннотация
Mazkur maqolada elektron tibbiy yozuvlar integratsiyasining sogʻliqni saqlash boshqaruvi samaradorligiga taʼsiri ilmiy jihatdan baholandi. Tadqiqotda axborot muhiti, jarayonlar, qarorlar va natijalar oʻrtasidagi bosqichli bogʻlanishni ifodalovchi nazariy model ishlab chiqildi. Axborot toʻliqligi, jarayonlar uzluksizligi, qarorlar asoslanganligi va resurslardan foydalanish asosiy taʼsir kanallari sifatida tizimlashtirildi. Xalqaro standartlar, milliy meʼyoriy hujjatlar va ilmiy manbalar asosida oʻlchov mezonlari belgilandi. Natijalar integratsiya maʼlumotlar sifatini oshirgani, boshqaruv qarorlarini tezlashtirgani va takroriy jarayonlarni kamaytirganini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv muassasalarda monitoringni kuchaytirish, raqamli yetuklikni baholash va boshqaruv samaradorligini izchil takomillashtirish uchun metodik asos yaratdi. Yozuvlarning tuzilmaviy bir xilligi, terminologik izchillik, himoya rejimi va tashkiliy tartiblarning yangilanishi integratsiya samaradorligini belgilovchi muhim shartlar sifatida asoslandi amaliy boshqaruv jarayonlarida ham.
elektron tibbiy yozuvlar, sogʻliqni saqlash boshqaruvi, integratsiya, boshqaruv samaradorligi, axborot sifati, raqamli yetuklik, interoperabellik, monitoring.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.