Marketing Issue 8 (2026)
SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMIDA RAQAMLI IDENTIFIKATSIYA VA YAGONA BEMOR PROFILINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Turayeva Nafisa Odiljonovna
Abstract
Mazkur maqolada sogʻliqni saqlash tizimida raqamli identifikatsiya va yagona bemor profilini shakllantirish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda shaxsni identifikatsiya qilish, yagona identifikatorni biriktirish, profilni yigʻish va boshqariladigan kirishdan iborat toʻrt boʻgʻinli model ishlab chiqildi. Xalqaro standartlar, milliy meʼyoriy hujjatlar va ilmiy manbalar asosida ishonch darajalari, profil sifati hamda oʻlchov mezonlari tizimlashtirildi. Natijalar identifikatsiya aniqligi profil ishonchliligini belgilaganini, differensial ishonch darajalari xavfsizlik va qulaylik muvozanatini taʼminlaganini koʻrsatdi. Profilni yuritish masʼuliyati, nomuvofiqliklarni hal qilish tartibi va sifat koʻrsatkichlarini davriy qayd etishning amaliy ahamiyati asoslandi. Taklif etilgan yondashuv takroriy yozuvlarni kamaytirish, maʼlumotlar yaxlitligini saqlash, bemor maʼlumotlarini boshqarishni takomillashtirish va raqamli sogʻliqni saqlash xizmatlari samaradorligini oshirish uchun metodik asos yaratdi hamda tizimlararo axborot almashinuvini yaxshiladi.
raqamli identifikatsiya, yagona bemor profili, sogʻliqni saqlash, interoperabellik, maʼlumotlar sifati, boshqariladigan kirish, raqamli sogʻliqni saqlash, axborot xavfsizligi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.