Marketing 8-san (2026)
HUDUDIY INVESTITSIYA MEXANIZMLARINI BAHOLASHNING INTEGRAL, GIS VA EKONOMETRIK METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Kenjayev Ikrom Ergashboyevich
Annotaciya
Tadqiqotda hududiy investitsiya mexanizmlarini baholashning integral, GIS va ekonometrik yondashuvlarini yagona metodologik tizimda birlashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Namangan viloyatining 2020-2024-yillardagi panel ma’lumotlari asosida yettita indikator normalizatsiya qilinib, integral investitsion faollik indeksi hisoblandi va hududlar GIS-klasterlash orqali guruhlandi. Pooled OLS modeli yordamida investitsiyalar hajmi bilan tashqi kapital, eksport va kichik biznes faolligi o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlik aniqlandi. Natijalar hududlar o‘rtasidagi investitsion tafovutlarni ko‘rsatdi hamda faollik darajasiga mos differensial boshqaruv choralarini shakllantirish zarurligini asoslab berdi. Taklif etilgan metodologiya resurslarni manzilli taqsimlash, investitsiya dasturlarini monitoring qilish va hududiy boshqaruv qarorlarining dalillarga asoslanganligini oshirishga xizmat qilgani ko‘rsatildi. Bu yondashuv hududiy investitsiya siyosatining aniqligi va amaliy samaradorligini kuchaytirgani qayd etildi.
hududiy investitsiya, integral indeks, GIS-klasterlash, ekonometrik model, Pooled OLS, investitsion faollik, hududiy differensiatsiya, investitsiya siyosati.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.