Marketing № 8 (2026)
MAHSULOT SIFATINI BAHOLASH MEZONLARI VA ULARNING NAZARIY TASNIFI
Xabibullayev Anvar Shovkat oʻgʻli
Аннотатсия
Maqolada mahsulot sifatini baholashda qoʻllaniladigan mezonlarning nazariy asoslari va ularni tizimlashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Muallif sifat kategoriyasining beshta klassik talqinini hamda xalqaro standartlashtirish hujjatlarida qabul qilingan taʼrifni qiyosladi va har bir yondashuv qanday baholash mezonlarini keltirib chiqarishini koʻrsatdi. Tadqiqot natijasida mezonlarni beshta guruhlash asosi - baholash subyekti, oʻlchash tabiati, atribut manbasi, hayotiy sikl bosqichi va isteʼmolchi qoniqishiga taʼsir xarakteri boʻyicha ajratuvchi koʻp darajali tasnif taklif etildi. Taklif etilgan tasnif obyektiv texnik koʻrsatkichlar bilan idrok etilgan sifat mezonlarini yagona mantiqiy tizimda birlashtiradi hamda marketing tadqiqotlarida integral baholash indekslarini shakllantirish uchun uslubiy asos yaratadi.
mahsulot sifati, baholash mezonlari, idrok etilgan sifat, obyektiv sifat, Garvin oʻlchamlari, Kano modeli, ISO 9000, tasnif, marketing tadqiqoti.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.