Marketing № 8 (2026)
SURXONDARYO VILOYATI SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI STATISTIK KOʻRSATKICHLAR TIZIMI ASOSIDA BAHOLASH
Buriyev Ubaydulla Bozor oʻgʻli
Аннотация
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati sanoat korxonalari raqobatbardoshligi statistik koʻrsatkichlar tizimi asosida baholandi. Tadqiqotda 2014-2024-yillardagi rasmiy maʼlumotlar asosida sanoat ishlab chiqarishi dinamikasi, viloyatning respublika sanoatidagi ulushi, tumanlar kesimidagi tarkibiy farqlar va tarmoqlar ixtisoslashuvi tahlil qilindi. Mutlaq oʻsish, oʻrtacha yillik oʻsish surʼati va hududiy ulush koʻrsatkichlari qoʻllanildi. Natijalar sanoat ishlab chiqarishi barqaror oʻsganini, ayrim tumanlarda sanoat faolligi kuchayganini va toʻqimachilik hamda qurilish materiallari yetakchi yoʻnalish boʻlib qolganini koʻrsatdi. Yuqori qoʻshilgan qiymatli tarmoqlarni rivojlantirish, sanoatni diversifikatsiya qilish va hududiy investitsiya faolligini kuchaytirish zarurligi asoslandi. Taklif etilgan yondashuv hududiy sanoat raqobatbardoshligini muntazam monitoring qilish va boshqaruv qarorlarini statistik asoslash uchun amaliy metodik asos yaratdi.
sanoat korxonalari, raqobatbardoshlik, Surxondaryo viloyati, statistik koʻrsatkichlar, hududiy ulush, diversifikatsiya, investitsiya, sanoat rivojlanishi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.