Marketing № 8 (2026)
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI MUSTAHKAMLASH VA HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH: OʻZBEKISTON HUDUDLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL
Abdullayev Jahongirmirzo Ahmadjon oʻgʻli
Аннотатсия
Mazkur maqolada Oʻzbekiston hududlarida mahalliy byudjet daromadlarini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish oʻrtasidagi bogʻliqlik empirik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda 2023-2025-yillardagi rasmiy statistik maʼlumotlar, fiskal desentralizatsiya nazariyasi, qiyosiy tahlil, statistik guruhlash va dinamik qatorlar usullaridan foydalanildi. Hududlarning yalpi hududiy mahsuloti, oʻz daromadlari, moliyaviy mustaqilligi, transfertlarga bogʻliqligi va fiskal salohiyati baholandi. Natijalar hududlar oʻrtasida sezilarli fiskal tafovutlar mavjudligini, daromad bazasini diversifikatsiya qilish, koʻchmas mulk soligʻi salohiyatidan samarali foydalanish va raqamli soliq maʼmurchiligini rivojlantirish muhimligini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv mahalliy byudjet barqarorligini mustahkamlash va hududiy boshqaruv qarorlarini dalillarga asoslash uchun amaliy asos yaratdi hamda hududiy rivojlanish dasturlarini moliyaviy imkoniyatlar bilan uygʻunlashtirish zarurligini asoslab berdi.
mahalliy byudjet, fiskal desentralizatsiya, hududiy rivojlanish, moliyaviy mustaqillik, transfertlar, fiskal salohiyat, soliq bazasi, hududiy tafovut.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.