Marketing 8-сан (2026)
OʻZBEKISTON TIKUV-TRIKOTAJ SANOATINING RIVOJLANISH HOLATI VA KORXONALARNING IQTISODIY FAOLIYATI TAHLILI
Alimova Xurshida Nurmaxamatovna
Аннотация
Oʻzbekiston tikuv-trikotaj sanoatining zamonaviy rivojlanish holati hamda korxonalarning tashkiliy-iqtisodiy faoliyat koʻrsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda toʻqimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarish hajmining dinamikasi, tarmoqning eksport salohiyati, sanoat klasterlarining rivojlanishi, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarining kengayishi yoritilgan. 2020-2025-yillar davomida kiyim-kechak ishlab chiqarish hajmining oʻsish tendensiyalari asosida tarmoqning ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy faolligidagi oʻzgarishlar baholangan. Korxonalarning tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini baholashda ishlab chiqarish hajmi, sotishdan tushgan daromad, tannarx, foyda, rentabellik, mehnat unumdorligi, investitsiyalar, eksport daromadlari va raqamlashtirish darajasi kabi koʻrsatkichlarning ahamiyati asoslangan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston tikuv-trikotaj sanoatining xomashyo eksportidan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish modeliga bosqichma-bosqich oʻtayotganini koʻrsatadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, vertikal integratsiyani rivojlantirish va xalqaro qiymat zanjirlariga faol integratsiyalashish tarmoq korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning muhim omillari sifatida belgilangan.
tikuv-trikotaj sanoati, toʻqimachilik sanoati, kiyim-kechak ishlab chiqarish, tashkiliy-iqtisodiy samaradorlik, ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi, eksport, sanoat klasterlari, raqamlashtirish, innovatsiyalar, qoʻshilgan qiymat, xalqaro qiymat zanjiri.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.