Marketing Issue 7 (2026)
HUDUDLARDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYALASHTIRISHNING AHAMIYATI
Karimova Dilafruz Sadirdin qizi
Abstract
Maqolada hududlarda turizmni rivojlantirishda moliyalashtirishning ahamiyati Surxondaryo viloyati misolida baholandi. Tadqiqotda tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, guruhlash, qiyosiy taqqoslash hamda statistik kuzatuv usullari qoʻllanildi. 2018-2025-yillardagi rasmiy maʼlumotlar asosida turistik xizmatlar, turistlar oqimi, joylashtirish vositalari va bandlik koʻrsatkichlari dinamikasi oʻrganildi. Natijalar turistik xizmatlar hajmi 8,1 barobar, turistlar oqimi 7,1 barobar, joylashtirish vositalari 8,2 barobar va bandlik 3,5 barobar oshganini koʻrsatdi. Moliyalashtirish mexanizmlari byudjet mablagʻlari, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va davlat-xususiy sheriklik yoʻnalishlariga ajratildi. Infratuzilma loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirish, kichik joylashtirish vositalarini qoʻllab-quvvatlash, turizm qishloqlari uchun yagona moliyaviy paket yaratish hamda natijadorlik monitoringini takomillashtirish taklif etildi. Ularning amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan ham asoslandi.
hududiy turizm, turizmni moliyalashtirish, turistik infratuzilma, turistlar oqimi, imtiyozli kredit, subsidiya, davlat-xususiy sheriklik, Surxondaryo viloyati.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.