Marketing Issue 8 (2026)
DAVLAT XIZMATLARIDA ZAMONAVIY HR YONDASHUVLARI VA ULARNING AHAMIYATI
Meliyeva Nargiza Eshboyevna
Abstract
Maqolada davlat xizmatlarida zamonaviy HR yondashuvlarining mazmuni ochib berildi va ularning boshqaruv samaradorligiga taʼsiri asoslandi. Tadqiqotda tahlil va sintez, qiyosiy tahlil, xronologik guruhlash, mantiqiy umumlashtirish hamda ilmiy abstraksiya usullaridan foydalanildi. Oʻzbekistonning davlat fuqarolik xizmatiga oid normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro tashkilotlarning tahliliy materiallari axborot bazasini tashkil etdi. Natijada kompetensiyaga asoslangan tanlov, oʻlchanadigan baholash mezonlari, yagona raqamli HR platformasi, uzluksiz kasbiy rivojlanish va kompleks motivatsiya samarali modelning asosiy tarkibiy qismlari sifatida belgilandi. Taklif etilgan yondashuvlar HR boʻlinmalarining strategik rolini kuchaytirish, boshqaruv qarorlarini asoslash, xodimlar salohiyatini rivojlantirish va fuqarolarga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga yoʻnaltirildi. Ularning izchil qoʻllanishi ochiqlik, meritokratiya va kadrlar boshqaruvi natijadorligini mustahkamladi.
davlat xizmati, inson resurslarini boshqarish, HR yondashuvlari, kompetensiya modeli, meritokratiya, raqamli platforma, kasbiy rivojlanish.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.