Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-jild 10-son (2025)
TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARI
Khamidkhonov, Akhadkhon, Хамидхонов, Ахадхон, Xamidxonov, Axadxon
Annotatsiya
Temir yo‘l transportida energiya samaradorligini oshirish zamonaviy transport tizimlarining barqarorrivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Elektr energiyasi iste’molini kamaytirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchunqayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Shamol, quyosh vabiogaz kabi energiya manbalarini temir yo‘l infratuzilmasiga joriy etish orqali ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirish,uglerod izini kamaytirish hamda transport tizimining energiya mustaqilligini ta’minlash mumkin. Shu bilan birga, energiyatejovchi texnologiyalar va aqlli boshqaruv tizimlaridan foydalanish samaradorlikni yanada oshiradi. Mazkur tadqiqotdatemir yo‘l transporti sohasida qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llash imkoniyatlari, iqtisodiy samaradorlik vaekologik afzalliklari ilmiy asosda tahlil qilinadi.
temir yo‘l, energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya, quyosh energiyasi, shamol energiyasi, biogaz, transport infratuzilmasi, barqaror rivojlanish, energiya mustaqilligi, ekologiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.