Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-tom 12-san (2025)
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUASSASALARIDA MOLIYAVIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Toirova, Nargiza, Тоирова, Наргиза, Toirova, Nargiza
Annotaciya
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sport muassasalarida moliyaviy munosabatlarning hozirgi holati, ularnitakomillashtirish zaruriyati hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etishning ahamiyati chuqur yoritilgan.Tadqiqotda sport muassasalarining asosiy moliyaviy manbalari — davlat byudjeti, homiylik mablag‘lari, grantlar, tijoratxizmatlari va a’zolik to‘lovlari — tahlil qilinib, ularning ulushi va samaradorligi amaliy misollar asosida ko‘rsatib beriladi.Maqolada mavjud moliyaviy muammolar, jumladan, mablag‘larning yetarli emasligi, ularning samarasiz taqsimlanishi,pullik xizmatlar tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi, shaffoflikning pastligi va raqamli boshqaruv tizimlariningsustligi kabi omillar alohida o‘rganilgan. Shuningdek, muallif sport muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashmaqsadida muqobil moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, homiylarni jalb qilishni faollashtirish, pullik xizmatlarko‘lamini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq taklifva tavsiyalarni ilgari suradi. Maqolada keltirilgan jadval va diagrammalar sport muassasalarining moliyaviy tuzilmasiniamaliy jihatdan tasvirlab, taklif etilayotgan yechimlarning samaradorligini yanada aniqroq aks ettiradi. Ushbu ilmiy ishsport sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, menejerlar, iqtisodchilar hamda sport muassasalarini boshqarish bilanshug‘ullanuvchi rahbarlar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
Jismoniy tarbiya, sport muassasalari, moliyaviy munosabatlar, byudjet mablag‘lari, homiylik, grantlar, pullik xizmatlar, moliyaviy boshqaruv, raqamlashtirish, shaffoflik, iqtisodiy samaradorlik, resurslardan oqilona foydalanish, sport infratuzilmasi, iqtisodiy tahlil, muqobil moliyalashtirish.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.