Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-том 12-сан (2025)
SANOATLASHUV NATIJASIDA QISHLOQ XO‘JALIGIDA AHOLI BANDLIGINING KAMAYISHI TAHLILI
Dadamirzaeva, Barno, Дадамирзаева, Барно, Dadamirzayeva, Barno
Аннотация
Mazkur maqolada sanoatlashuv jarayonlarining qishloq xo‘jaligi sektorida aholi bandligiga ta’siri komplekstahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yalpiichki mahsulotni shakllantirish, bandlikni qo‘llab-quvvatlash hamda eksport salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.Tadqiqotda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etishva sanoatlashuv sharoitida mehnat resurslarining tarkibiy o‘zgarishlari yoritilgan. O‘zbekiston misolida olib borilganempirik tahlillar asosida qishloq xo‘jaligida bandlikning qisqarish omillari, investitsiyalar hajmi va davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashmexanizmlarining samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sanoatlashuv mehnat unumdorliginioshirish bilan birga, bandlik tuzilmasida sifat jihatdan yangi o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Maqolada iqtisodiybarqarorlikni ta’minlash va qishloq hududlarida bandlikni diversifikatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
sanoatlashuv, qishloq xo‘jaligi, milliy iqtisodiyot, oziq-ovqat xavfsizligi, yalpi ichki mahsulot, bandlik, eksport salohiyati, modernizatsiya, innovatsion texnologiyalar, investitsiyalar, iqtisodiy barqarorlik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.