Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 3 № 12 (2025)
BARQAROR IQTISODIYOTNI TA’MINLASHDA SOLIQ SIYOSATINING SAMARADORLIGI
Khasanova, Gulkhida, Хасанова, Гулхида, Hasanova, Gulhida
Аннотатсия
Mazkur ilmiy maqolada barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda soliq siyosatining strategik o‘rni vaahamiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida soliq siyosatining iqtisodiy o‘sish sur’atlari, investitsiya muhiti,tadbirkorlik faolligi hamda fiskal barqarorlikka ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o‘rganiladi. Soliqyukining optimal darajasini belgilash masalasi zamonaviy iqtisodiy nazariyalar asosida tahlil qilinib, soliq stavkalari bilanbyudjet tushumlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib beriladi.Maqolada optimal soliq siyosatini shakllantirishda fiskal manfaatlar va iqtisodiy rag‘batlar o‘rtasidagi muvozanatmuammosi alohida yoritilgan. Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi asosida soliq tizimini soddalashtirish,soliq ma’murchiligini takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etishning barqaror iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soliq siyosatining moslashuvchanligi va differensiallashuvi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashningmuhim omillaridan biri ekanligi asoslab beriladi.Maqolada olingan xulosalar barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiyasoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi hamda ularning amaliy ahamiyati davlat fiskal siyosatinirivojlantirish jarayonida namoyon bo‘ladi.
barqaror iqtisodiyot, soliq siyosati, optimal soliq yuki, fiskal barqarorlik, iqtisodiy o‘sish, investitsiya muhiti, soliq ma’murchiligi, soliq tizimini takomillashtirish, raqamli fiskal boshqaruv, tadbirkorlik faolligi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.