Хорижий лингвистика ва лингводидактика Том 4 № 1 (2026)
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNING YAIMDAGI ULUSHI VA UNING IQTISODIY BARQARORLIKKA TA’SIRI
Nigorakhon, Rejabova, Нигораxон, Режабова, Nigoraxon, Rejabova
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rnihamda uning hududlar kesimidagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Tadqiqotda 2020-2024 yillar davomida kichiktadbirkorlik subyektlarining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi respublika va viloyatlar miqyosida rasmiy statistikma’lumotlar asosida baholangan. Tahlil natijalari kichik biznes mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynayotganini, biroqhududlar o‘rtasida sezilarli nomutanosibliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Ayrim viloyatlarda kichik biznes ulushining barqaroro‘sishi kuzatilgan bo‘lsa, boshqa hududlarda pasayish tendensiyasi qayd etilgan. Tadqiqot davomida kichik biznesnirivojlantirishda hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda differensial yondashuvni qo‘llash, moliyaviy resurslargakirishni kengaytirish hamda soliq va institutsional qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.Shuningdek, hududiy tahlillarni chuqurlashtirish maqsadida Kichik Biznes Rivojlanish Indeksini (KBRI) joriy etish taklifetilgan. Maqola natijalari kichik biznesni barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhimahamiyat kasb etadi.
kichik biznes, tadbirkorlik, iqtisodiy barqarorlik, hududiy rivojlanish, YAIM, bandlik, davlat qo‘llab-quvvatlashi, differensial yondashuv, Kichik Biznes Rivojlanish Indeksi (KBRI).
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.