Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 1-сан (2026)
SUV XOʻJALIGI SOHASIDA DASTURIY BUDJETLASHTIRISH BOʻYICHA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
Ibragimova, Zarifa, Ибрагимова, Зарифа, Ibragimova, Zarifa
Аннотация
Mazkur maqolada suv xoʻjaligi sohasida davlat xarajatlarining samaradorligini oshirishda dasturiybudjetlashtirish (performance-based budgeting) tizimining oʻrni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida Fransiya,Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) va Qozogʻiston Respublikasi tajribalari qiyosiy oʻrganilib, suv sohasidadasturiy budjetlashtirishni samarali joriy etishning institusional va metodologik omillari aniqlanadi. Tahlil natijalariga koʻra,xorijiy amaliyotda budjet dasturlarini yakuniy natijalarga (outcomes) yoʻnaltirish, asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining(KPI) cheklangan va standartlashtirilgan tizimini qoʻllash, shuningdek, natijadorlikka asoslangan hisobdorlik mexanizmlarinijoriy etish suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Olingan xulosalarasosida Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi sohasida dasturiy budjetlashtirishni takomillashtirish boʻyicha taklif vatavsiyalar ishlab chiqildi.
dasturiy budjetlashtirish, suv xoʻjaligi, budjet dasturlari, suv xavfsizligi, NRW (suv yoʻqotishlari), davlat xarajatlari samaradorligi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.