Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 2 (2026)
BUDJЕT TАSHKILОTLАRIDА BUDJЕTDАN TАSHQАRI MАBLАG‘LАRNING NАZОRАTINI TАSHKIL QILISH
Abdiyeva, Bakhora, Абдиева, Бахора, Abdiyeva, Bahora
Abstract
Mazkur maqolada budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘lar ustidan moliyaviy nazoratni tashkiletishning nazariy va amaliy jihatlari kompleks yondashuv asosida yoritilgan. Tadqiqotda budjetdan tashqari mablag‘larningshakllanish manbalari, ularni xarajatlar smetasi asosida rejalashtirish hamda maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlashmexanizmlari tahlil qilingan. Xususan, ta’lim va tibbiyot muassasalarida shakllanadigan budjetdan tashqari tushumlar —to‘lov-kontrakt mablag‘lari, maxsus to‘lovlar, rivojlantirish jamg‘armalari hamda homiylik mablag‘lari ustidan nazoratniamalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.Maqolada moliyaviy nazorat jarayonida g‘aznachilik ijrosi tizimi, buxgalteriya hisobi registrlari, sintetik va analitik hisobma’lumotlarining o‘zaro mosligi hamda ularning ishonchliligini ta’minlash masalalari ilmiy asosda izohlangan. Shuningdek,budjet intizomini mustahkamlash, mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashda nazorat mexanizmlariningahamiyati asosli ilmiy xulosalar orqali yoritilgan. Tadqiqot natijalari budjet tashkilotlarida moliyaviy shaffoflikni oshirish,moliyaviy risklarni minimallashtirish va boshqaruv samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
budjetdan tashqari mablag‘lar, moliyaviy nazorat, budjet tashkilotlari, rivojlantirish jamg‘armasi, g‘aznachilik ijrosi, xarajatlar smetasi, buxgalteriya hisobi, moliyaviy intizom, shaffoflik.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.