Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 № 1 (2026)
O‘ZBEKISTON BANKLARINING AML TIZIMLARIDA SUN’IY INTELLEKT: STRATEGIK ZARURAT VA JORIY ETISH YO‘LLARI
Tursinova, Klara, Турсинова, Клара, Tursinova, Klara
Аннотатсия
O‘zbekiston bank tizimi tranzaksiyalar hajmining jadal o‘sishi va masofaviy xizmatlarning kengayishibilan tavsiflanadigan raqamli transformatsiya bosqichini izchil boshdan kechirmoqda. Pul yuvish va terrorizmnimoliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan an’anaviy tizimlar shubhali operatsiyalarni aniqlash samaradorliginiyanada oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklariningAML tizimlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning strategik ahamiyati asoslab berilgan, bank sektoriningjoriy holati, tartibga solish talablari hamda milliy qonunchilik xususiyatlari tahlil qilingan. Markaziy bankning me’yoriyhujjatlari talablari batafsil o‘rganilib, ularni samarali amalga oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishningustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Shuningdek, joriy etish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy omillar va ularnisamarali boshqarish yondashuvlari ko‘rib chiqilgan hamda respublika bank tizimi xususiyatlarini inobatga olgan holdatexnologik transformatsiyaning bosqichma-bosqich yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.
sun’iy intellekt, AML, moliyaviy monitoring, raqamli transformatsiya, mashinali o‘rganish, federativ o‘rganish, joriy etish yo‘l xaritasi
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.