Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-том 12-нөмір (2025)
MEVA-SABZAVOTNI QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA XARAJAT VA DAROMAD NISBATINI MODELLASHTIRISH HAMDA FOYDA BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Khajieva, Mukhlisa, Хажиева, Мухлиса, Xajiyeva, Muxlisa
Аңдатпа
Mazkur tadqiqot meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida xarajat va daromad nisbatini modellashtirishningnazariy hamda amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida narx, ishlab chiqarish hajmi, mahsulottarkibi, o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kontributsiya marjasi, zararsizlik nuqtasi, xavfsizlikzaxirasi hamda operatsion leverage koeffitsiyenti orqali tahlil qilindi. Amaliy baholash 2021–2023-yillar davomida “AsianJam” MCHJ faoliyati misolida amalga oshirilib, moliyaviy ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish samaradorligi indikatorlari bilankompleks tarzda uyg‘unlashtirildi. Tadqiqot natijalari xarajatlar tarkibidagi o‘zgarishlar foyda marjasi va korxona moliyaviybarqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Energiya samaradorligini oshirish, xomashyo chiqishini ko‘paytirishva mehnat unumdorligini yaxshilash orqali mahsulot tannarxini pasaytirish hamda foyda barqarorligini ta’minlashimkoniyatlari asoslab berildi. Olingan xulosalar ishlab chiqarish, marketing va investitsion qarorlarni moliyaviy jihatdanasoslashda samarali boshqaruv vositasi sifatida xizmat qiladi
xarajat–daromad modeli, kontributsiya marjasi, zararsizlik nuqtasi, xavfsizlik zaxirasi, operatsion leverage, tannarx, foyda marjasi, boshqaruv hisobi, ishlab chiqarish samaradorligi
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.