Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 3-сан (2026)
O‘ZBEKISTONDA YUK VAGONLARINI ISHLAB CHIQARISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY SAMARADORLIGI
Karimov, Furqatjon, Каримов, Фуркатжон, Karimov, Furqatjon
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevraldagi PQ–72-son qarori asosidaO‘zbekiston temir yo‘llari AJ tomonidan amalga oshirilayotgan yuk vagonlari ishlab chiqarish loyihasining ijtimoiy-iqtisodiysamaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (soliq tushumlari, yondosh tarmoqlar rivojlanishi)ijtimoiy ta’sir ko‘rsatkichlari miqdoriy baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, loyiha doirasida ikki korxona — AJ “Liteynomexanikzavod” va AJ “Andijon avtomobil va traktori sanoati zavodlari remontlash vagonlari”da jami 2 057 ta bevosita isho‘rni yaratilgan bo‘lib, bandlik multiplikatori (k = 2,3) hisobga olingan holda mintaqada 6 788 ta ish o‘rni yaratilishi prognozqilinmoqda. Yillik ish haqi fondi 178,1 mlrd so‘mni tashkil etib, iste’mol multiplikatori (k = 1,6) orqali aholi daromadlariga285,0 mlrd so‘mlik qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. 10 yillik davr mobaynida byudjet samarasi 427,5 mlrd so‘mga,aholi daromadlari esa 1 781,3 mlrd so‘mga yetishi kutilmoqda.
yuk vagonlari, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik, bandlik multiplikatori, ish haqi fondi, soliq tushumlari, O‘zbekiston temir yo‘llari, transport sanoati, mintaqaviy rivojlanish
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.