Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild (2026)
AMIR TEMURNING IJTIMOIY, IQTISODIY VA SIYOSIY QARASHLARI
Normuminova, Khulkar, Нормуминова, Хулкар, Normuminova, Xulkar
Annotatsiya
Ushbu maqolada Amir Temurning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy qarashlari tarixiy manbalar hamda zamonaviyilmiy talqinlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sohibqiron Amir Temurning markazlashgan davlat boshqaruvi, adolatgatayangan siyosiy tamoyillari, soliq va moliya tizimini tartibga solishga oid qarashlari, ichki va tashqi savdoni rivojlantirishgaqaratilgan yondashuvlari, shuningdek, ijtimoiy himoya va rag‘batlantirish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.Maqolada Amir Temur faoliyatida davlat va xalq farovonligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosiy g‘oya sifatida namoyonbo‘lishi ochib beriladi. Shuningdek, uning boshqaruv qarashlarida tartib-intizom, nazorat va maslahatga tayangan siyosiymadaniyat muhim o‘rin egallagani ko‘rsatildi. Tadqiqot natijasida Amir Temurning qarashlari faqat o‘z davri uchunginaemas, balki zamonaviy davlat boshqaruvi, iqtisodiy siyosat va ijtimoiy barqarorlik masalalarini anglashda ham muhimahamiyatga ega ekani asoslandi.
Amir Temur, davlat boshqaruvi, markazlashgan davlat, Temur Tuzuklari, soliq siyosati, ijtimoiy himoya, moddiy rag‘batlantirish, savdo munosabatlari, xavfsizlik tizimi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.