Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 (2026)
XIZMATLAR SOHASIDA IQTISODIY O‘SISH VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA INNOVATSION VA INSTITUTSIONAL OMILLARNING ROLI
Jurayev, Ganisher, Жураев, Ганишер, Jo‘rayev, G‘anisher
Аннотатсия
Ushbu maqolada xizmatlar sohasida iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta’minlashda innovatsion hamdainstitutsional omillarning roli tahlil qilinadi. Zamonaviy iqtisodiyotda xizmatlar sektori milliy iqtisodiy rivojlanishning muhimtarkibiy qismi bo‘lib, uning samaradorligi ko‘p jihatdan innovatsion faoliyat va institutsional muhit sifatiga bog‘liqdir.Tadqiqot davomida xizmatlar sektorida raqamli texnologiyalar, elektron savdo, moliyaviy texnologiyalar va IT xizmatlariningrivojlanishi iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shu bilan birga, tartibga solish sifati, biznes yuritishsharoitlari va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari sektor barqarorligini ta’minlovchi muhim institutsionalomillar sifatida baholandi. Tahlil natijalari innovatsiyalar xizmatlar sektorida o‘sishni tezlashtirsa, institutsional muhit ushbuo‘sishning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashini ko‘rsatdi. Shuningdek, innovatsion va institutsional omillarning o‘zarouyg‘unligi xizmatlar sohasining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab berildi.
xizmatlar sohasi, iqtisodiy o‘sish, barqarorlik, innovatsiyalar, institutsional omillar, raqamli iqtisodiyot, xizmatlar sektori rivoji, iqtisodiy transformatsiya.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.