Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 4-son (2026)
XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA XIZMATLAR SIFATINI TAKOMILLASHTIRISH
Tosheva, Fotima, Тошева, Фотима, Тошева, Фотима
Annotatsiya
Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish korxonalarida raqamli texnologiyalar asosida xizmatlarsifatini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda raqamli platformalar, avtomatlashtirilganboshqaruv tizimlari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili va mijozlar bilan elektron muloqot vositalariningxizmat sifati ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirishorqali mijozlar ehtiyojini tezkor aniqlash, xizmat ko‘rsatish tezligi va aniqligini oshirish, xarajatlarnioptimallashtirish hamda korxonalar raqobatbardoshligini kuchaytirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqotdaraqamli texnologiyalar xizmatlar sifatini boshqarishning muhim instrumenti sifatida baholanib, ularni samaralijoriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
xizmat ko‘rsatish korxonalari, raqamli texnologiyalar, xizmatlar sifati, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, mijozlar ehtiyoji, xizmat ko‘rsatish samaradorligi, raqobatbardoshlik, sifat menejmenti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.