Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 № 5 (2026)
TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA NOMOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBI AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Khujamurodova, Oydin, Хужамуродова, Ойдин, Xoʻjamurodova, Oydin
Аннотатсия
Ushbu maqolada tibbiyot tashkilotlarida nomoliyaviy aktivlar tarkibi, ularning harakati hamda hisobiniyuritishning amaliy jihatlari tadqiq etilgan bo‘lib, ushbu jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliytavsiyalar ishlab chiqilgan. Tibbiyot tashkilotlarida nomoliyaviy aktivlar asosan budjet mablag‘lari va rivojlantirishjamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kirim qilinadi. Nomoliyaviy aktivlar tovar-moddiy zaxiralar, nomoddiy aktivlar va asosiyvositalardan iborat. Ularning kirim qilinishi xarid qilish, tekinga olish hamda o‘zida tayyorlash jarayonlari orqali amalgaoshirilsa, hisobdan chiqarilishi esa to‘liq eskirish, yaroqsiz holatga kelish yoki keraksiz aktivlarni sotish orqali amalgaoshiriladi. Ushbu jarayonlarning haqqoniyligini ta’minlash va nazoratini kuchaytirish uzluksiz buxgalteriya hisobi yuritilishiorqali amalga oshiriladi. Hisob yuritish jarayonida nomoliyaviy aktivlarning balans qiymati va haqqoniy qiymatini aniqlashmuhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada raqamli texnologiyalar va hisob tizimidagi islohotlar sharoitida nomoliyaviy aktivlarnibaholash, hisobda aks ettirish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan
asosiy vosita, buxgalteriya hisobi, daromad, moliyaviy hisobot, nomoddiy aktiv, nomoliyaviy aktivlar, tovarmoddiy zaxiralar, xarajat, tibbiyot tashkiloti.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.