Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 5 (2026)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YASHIL IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING BARQAROR IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI: MAKROIQTISODIY VA TARMOQ KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA TAHLIL
Khudayberdiyeva, Laziza, Худайбердиева, Лазиза, Xudayberdiyeva, Lazizа
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyot rivojlanishining barqaror iqtisodiy o‘sishgata’siri makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi yashil iqtisodiyotomillarining iqtisodiy o‘sish sifati, resurs samaradorligi va ekologik barqarorlikka ta’sir mexanizmlarini aniqlashdan iborat.Maqolada energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, suv tejovchi texnologiyalar, ESG standartlari,yashil infratuzilma hamda investitsion faollikning iqtisodiy o‘sish bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Muallif yashil iqtisodiyotniiqtisodiy o‘sishdan alohida ekologik yo‘nalish sifatida emas, balki iqtisodiy taraqqiyot sifatini belgilovchi muhim tarkibiyomil sifatida asoslaydi. O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilda shakllangan makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlari yashiliqtisodiyotga oid chora-tadbirlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi yashil iqtisodiyotningbarqaror iqtisodiy o‘sishga ta’sirini energiya xavfsizligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, sanoat modernizatsiyasi,ESG standartlari va yashil investitsiyalarni birlashtiruvchi tizimli mexanizm sifatida ochib berishdan iborat.
yashil iqtisodiyot, barqaror iqtisodiy o‘sish, ESG standartlari, qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi, suv tejovchi texnologiyalar, yashil investitsiyalar, O‘zbekiston iqtisodiyoti
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.