Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 № 5 (2026)
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Karimova, Sevara, Каримова, Севара, Karimova, Sevara
Аннотатсия
“Oʻzbekiston–2030” strategiyasi davlat ijtimoiy siyosatini inson manfaatlariga yoʻnaltirilgan rivojlanish hamdabarqaror ijtimoiy himoyani taʼminlash asosida takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi. Mazkur maqola“Oʻzbekiston–2030” strategiyasida ijtimoiy himoya tizimiga oid belgilangan asosiy maqsadlar, strategik yoʻnalishlar vaularning amaliy ifodasini ilmiy jihatdan oʻrganishga bagʻishlangan.Tadqiqotning asosiy maqsadi strategiyada belgilangan ijtimoiy himoya tizimining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash,uning universallik, barqarorlik, innovatsion rivojlanish va raqamli transformatsiya tamoyillarini tahlil qilish hamda ushbutamoyillarning aholining turli qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashdagi oʻrni va samaradorligini baholashdan iborat. Maqolada“Oʻzbekiston–2030” strategiyasiga muvofiq ijtimoiy himoya tizimining milliy xususiyatlari, davlat va fuqarolik jamiyatioʻrtasidagi hamkorlik mexanizmlari, moliyaviy resurslarni samarali boshqarish usullari hamda raqamli texnologiyalarningijtimoiy xizmatlarni modernizatsiya qilishdagi muhim roli yoritilgan.Shuningdek, strategiya doirasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya dasturlarining amaliy natijalari, ularningsamaradorligini oshirish yoʻllari hamda zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga moslashish mexanizmlari ilmiyasosda tahlil qilingan. Ijtimoiy himoya tizimini izchil rivojlantirish va strategik yondashuv asosida takomillashtirish jamiyatfarovonligini taʼminlashda muhim omillardan biri hisoblanadi
“Oʻzbekiston–2030” strategiyasi, ijtimoiy himoya, inson markazli yondashuv, barqaror rivojlanish, ijtimoiy xizmatlar, raqamli transformatsiya, davlat siyosati, ijtimoiy nafaqalar, hamkorlik mexanizmlari
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.