Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 2-том 9-сан (2024)
Oʻzbekistonda yashil moliyalash holati: Yashil obligasiyalar chiqarish uchun imkoniyatlar va toʻsiqlar
Fayzieva, Dilsuz, Achilov, Ozod
Аннотация
Mazkur maqolada Oʻzbekistonning yashil oʻtish davrini moliyalashtirishda yashil obligasiyalarining ehtimoliyroli, yashil obligasiyalar chiqarish uchun ustuvor sektorlar va potensial emitentlar duch keladigan toʻsiqlar muhokamaqilingan. Suveren boʻlmagan emitentlar, jumladan, mahalliy hokimiyat organlari va korporativ subyektlar, mamlakatdagiamaldagi me'yoriy talablar hamda muntazam ravishda bilim va tajriba etishmovchiligi sababli qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar,ammo bu emitentlarning yashil loyihalarini moliyalashtirish uchun ushbu instrumentdan foydalanish uchunkatta imkoniyatlar mavjud. Yana bir obligasiyalarga oʻxshash instrumentlardan biri – yashil sukuklar, ya’ni islomiy foizsizdaromad keltiradigan instrument, ichki talabni mobilizasiya qilishda samarali boʻlishi va Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirishnirivojlantirishga oid me'yoriy toʻsiqlar bartaraf etilsa, alternativ moliyalashtirish mexanizmi boʻlishi mumkin.Energetika sektori, xususan, qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish loyihalari, yashil obligasiyalar chiqarish uchuneng koʻp imkoniyatlarga ega sektor hisoblanadi, lekin qishloq xoʻjaligi, transport, uy-joy va suvni boshqarish loyihalari hammanfaat koʻrishi mumkin.
yashil obligasiyalar, yashil oʻtish, yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, moliya institutlari, sukuk.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.