Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 3 Issue 2 (2025)
Raqamli iqtisodiyotda elektron tijorat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati boʻyicha adabiyotlar tahlili
Sodiqov, Abdulhafiz
Abstract
Ushbu tadqiqot raqamli iqtisodiyot doirasida elektron tijorat bozorlarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatinioʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, adabiyotlar tahlili asosida olingan asosiy natijalarni taqdim etadi. Tadqiqotda anʼanaviytijorat va elektron tijorat oʻrtasidagi muhim farqlar aniqlanib, raqamli platformalarning savdo jarayonlarini qandayoʻzgartirgani yoritilgan. Elektron tijoratning tarkibiy qismlari chuqur oʻrganilib, raqamli toʻlov tizimlari, onlayn bozorlari valogistika integratsiyasi kabi asosiy elementlar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqotda elektron tijorat turlariningtasnifi keltirilib, B2B, B2C va C2C kabi turli modellarning qoʻllanilish sohalari koʻrsatib oʻtilgan. Elektron tijoratningrivojlanish tarixi tahlil qilinib, uning dastlabki bosqichlardan tortib, bugungi kunda erishilgan yuksak darajagacha boʻlganmuhim bosqichlari aks ettirilgan. Ushbu tadqiqot elektron tijoratning raqamli iqtisodiyotdagi oʻrni va uning barqaror ijtimoiyiqtisodiyrivojlanishga qoʻshadigan hissasini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
elektron tijorat, mobil tijorat, raqamli marketing.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.