Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 3 № 2 (2025) · с. 11-19
B1 DARAJA TALABALARINING LEKSIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI
Muxammadiyeva, Yulduz
Аннотация
Ushbu maqolada chet tilini o‘rganishda B1 daraja (CEFR bo‘yicha o‘rta bosqich) talabalari leksik kompetensiyasini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati tadqiq etilgan. Leksik kompetensiya – bu tilning lug‘at boyligini bilish va uni nutqda qo‘llay olish qobiliyatidir [1]. Tadqiqot doirasida mobil ilovalar orqali so‘z boyligini oshirish usullari sinovdan o‘tkazilib, an’anaviy usullar bilan taqqoslandi. Statistik va taqqoslash metodlari asosida olingan natijalar mobil ilovalar yordamida o‘quvchilar lug‘at boyligini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Innovatsion texnologiyalar talabalarning motivatsiyasini oshirib, mustaqil o‘qishini faollashtirishi aniqlangan. Maqola yakunida olingan natijalar asosida xulosalar chiqarilib, amaliy tavsiyalar berilgan.
leksik kompetensiyamobil ilovalarinnovatsion texnologiyalarB1 darajasoʻz boyligini oshirishchet tili o‘qitish
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.