Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 3 № 2 (2025)
Pul-kredit siyosatida “big data” texnologiyalari: o‘zbekistonda to‘lov ma’lumotlari, qidiruv so‘rovlari va matn tahlilidan foydalanish istiqbollari
Mamatxo‘jayev, Otabek
Аннотация
Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda iqtisodiyotni raqamlashtirish va bank tizimini isloh qilish borasida jadaloʻzgarishlar kuzatilmoqda. Bunda tijorat banklarining mobil ilovalari, toʻlov kartalari (Uzcard, Humo) va elektron hamyonlar(Payme, Click va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar hajmi ortib bormoqda. Shu bilan birga, qidiruvtizimlari (Google Trends) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlari ham iqtisodiy faollikning oʻzgaruvchan jihatlarini ifodalaydiganmanba sifatida koʻrilmoqda. Mazkur maqolada “big data” texnologiyalaridan – xususan, toʻlov ma’lumotlari, qidiruv tizimisoʻrovlari va matn tahlilidan – Oʻzbekistonda pul-kredit siyosati tahlilida qanday foydalanish mumkinligi konseptual jihatdankoʻrib chiqiladi. An’anaviy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar (masalan, YaIM) rasmiy statistika tomonidan vaqt kechikishi bilane’lon qilinishi tufayli, “nowcasting” (hozirgi davrga yaqin muddatdagi baholash) zarurati kun sayin ortmoqda.
Big Data, pul-kredit siyosati, Oʻzbekiston, toʻlov ma’lumotlari, qidiruv soʻrovlari, matn tahlili, nowcasting, inflatsiya, raqamli iqtisodiyot.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.