Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 3 Issue 2 (2025)
Oliy ta’lim muassasalarida raqamli marketingni talabalar va oilalar qarorlarini hisobga olgan holda optimallashtirish
Xidoyatov, Murod
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda oliy ta’limni tanlashda oilaviy qadriyatlar va talabalarning shaxsiy qarorlarinihisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarida raqamli marketingni samarali optimallashtirish masalalari muhokamaqilinadi. Tadqiqotda so‘rovnomalar, intervyular va statistik tahlil metodlari yordamida oilaviy qadriyatlar, talabalarningraqamli platformalardagi faoliyati hamda oliy ta’lim muassasalari uchun strategik marketing yondashuvlarining o‘zarota’siri chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatinioshirish orqali talabalarning e’tiborini jalb qilishi mumkin. Shuningdek, ota-onalar uchun mo‘ljallangan ma’lumotlaruniversitet veb-saytlarida kengroq yoritilishi zarur. Maqola oliy ta’lim muassasalari, marketing sohasidagi mutaxassislarva tadqiqotchilar uchun qimmatli manba sifatida xizmat qiladi.
oliy ta’lim, raqamli marketing, talaba, oilaviy qadriyatlar, marketing strategiyalari, raqamli platformalar, ta’sir, OTM, samarali optimallashtirish, talabalar auditoriyasi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.