Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 3 Issue 2 (2025)
Yashil energetikaning mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni
Raxmatullayev, Umarbek
Abstract
Ushbu maqolada yashil energetikaning mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Qaytatiklanuvchi energiya manbalarining iqtisodiy barqarorlik, ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyalarni jalb qilish va ekologikmuhitni yaxshilashga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot davomida tahlil, statistik va taqqoslash metodlaridan foydalanilgan.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yashil energetika mintaqaviy rivojlanishning asosiy omillaridan biri bo‘lib, uning samarali joriyetilishi iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Shuningdek, maqolada yashil energiya sektorining dolzarb muammolari, jumladan, texnologik va moliyaviy to‘siqlar,huquqiy va institutsional omillar ham tahlil qilinadi. Yashil energetikaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlariga alohida e’tibor qaratilib,aholi farovonligini oshirish, energiya xavfsizligini ta’minlash va uglerod izini kamaytirish bo‘yicha tahlillar keltirilgan. Yashilenergiyaning barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) bilan bog‘liqligi va uning uzoq muddatli iqtisodiy ta’siri yoritiladi.Yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan bo‘lib, unda davlat siyosati, xususiy sektor ishtiroki va xalqarohamkorlikning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
yashil energetika, mintaqaviy iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, quyosh energetikasi, shamol energetikasi, uglerod izini kamaytirish, ekologik barqarorlik, energiya samaradorligi, investitsiyalar, innovatsion texnologiyalar, ish o‘rinlari yaratish, moliyaviy barqarorlik.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.