Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-том 4-сан (2025) · 271-280-беттер
JADIDCHILIKNING MA’RIFIY-ISLOHOTIY KONSEPSIYASI: MARKAZIY OSIYODA G‘OYA, MINTAQAVIY XOSLIK VA DRAMATURGIYA TAJRIBASI
Shoraximova, Zilola
Аннотация
Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshida Markaziy Osiyoda shakllangan jadidchilik harakatining ma’rifiy-islohotiy tabiati tahlil qilinadi. Tadqiqot jadidlarni “revolyutsion to‘ntarish” emas, balki ta’limni modernizatsiya qilish, diniy mutaassiblikning oldini olish va jamiyatni intellektual uyg‘otishga qaratilgan konseptual harakat sifatida talqin etadi. Ismoilbek Gasprinskiy g‘oyalari, “usuli jadid” maktablari, matbuot va dramaturgiya (Behbudiy, Xoji Muin, Fitrat, Avloniy, Hamza va boshqalar)ning ijtimoiy ongni yangilashdagi roli yoritiladi. Mintaqaviy xosliklar – Samarqand, Toshkent, Buxoro yo‘nalishlari – hamda ulamolarning siyosiy-madaniy ta’siri tarixiy manbalar va tadqiqotlar asosida ko‘rsatib beriladi. Jadid matnlarining til-uslubiy qatlamlari, publitsistika va pyesalardagi leksik-semantik resurslar, korpus yondashuvining ahamiyatiga urg‘u beriladi.
jadidchilik, usuli jadid, o‘zbek dramaturgiyasi, ma’rifiy islohot, mintaqaviy xoslik, publitsistika, korpus lingvistika, semantik teglash, milliy til
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.