Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 1 (2026) · с. 296-304
LA’L TIMSOLINING NAVOIYONA TALQINLARI
Vafoyeva, Sevinch, Umarova, Zulaykho
Аннотация
Mazkur maqolada Alisher Navoiy lirikasida keng qo‘llangan va ramziy-majoziy qatlamlarga boy bo‘lgan “la’l” timsolining adabiy-irfoniy talqinlari tizimli ravishda tekshiriladi. Tadqiqotda “la’l” obrazining “Xazoyinul-maoniy” kulliyotidagi qo‘llanish chastotasi, shakliy ko‘rinishlari va janrlar kesimidagi ishtiroki statistik usulda aniqlanib, uning badiiy-estetik, irfoniy-tasavvufiy hamda semantik qatlamlari ochib beriladi. Shuningdek, “la’l” timsolining lab, kalom, ma’rifat, jonbaxshlik, Iso Masih, obi hayvon, pir kalomi kabi ramzlar bilan uzviy aloqasi tahlil qilinib, Navoiy poetik tafakkurida mazkur timsolning obraz darajasiga ko‘tarilishi ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada “la’l” timsoli nafaqat badiiy bezak, balki tasavvufiy dunyoqarashni ifodalovchi muhim konseptual birlik sifatida baholanadi.
la’l, timsol, tasavvuf, lab, kalom, Xazoyinul-maoniy
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.