Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 1 (2026) · pp. 388-392
IXTISOSLIK MODULLARINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA TALABALARNI YO‘NALTIRISH
Safarov, Alisher
Abstract
Mazkur maqolada ixtisoslik modullarini o‘qitish samaradorligini oshirishda talabalarni o‘quv-kasbiy faoliyatga yo‘naltirishning pedagogik ahamiyati tadqiq etiladi. Tadqiqotda modul asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida talabalar faolligini oshirish, kasbiy motivatsiyani kuchaytirish hamda ixtisoslik fanlarini ongli o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilindi. Pedagogik tajriba-sinov ishlari Namangan davlat pedagogika institutida 72 nafar talaba ishtirokida o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari tajriba guruhida ixtisoslik modullarini o‘zlashtirish darajasining sezilarli oshganini, talabalarning kasbiy yo‘naltirilganligi va o‘quv faolligi mustahkamlanganini ko‘rsatdi. Olingan xulosalar ixtisoslik modullarini o‘qitish jarayonini takomillashtirish va kompetensiyaviy yondashuvni amaliyotga joriy etishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
ixtisoslik modullari, o‘qitish samaradorligi, pedagogik tajriba-sinov, kasbiy yo‘naltirish, kompetensiyaviy yondashuv, oliy ta’lim
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.