Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 2 (2026) · pp. 11-16
SHUKRONALIK KONSEPTINING O‘ZBEK VA INGLIZ XALQ MAQOLLARIDA IFODALANISHI
Eshqobulova, Charos
Abstract
Mazkur maqolada shukronalik konseptining o‘zbek va ingliz xalq maqollarida ifodalanish xususiyatlari lingvokulturologik va konseptual tahlil asosida o‘rganiladi. Shukronalik insoniyat tafakkurida axloqiy-ruhiy qadriyat, ijtimoiy munosabatlar mezoni va milliy mentalitetning muhim ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi. Xalq maqollari esa ushbu konseptning xalq ongidagi tarixiy, madaniy va falsafiy qatlamlarini aks ettiruvchi boy manba hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida o‘zbek va ingliz tillaridagi shukronalik bilan bog‘liq maqollar semantik, pragmatik va stilistik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. O‘zbek maqollarida shukronalik ko‘proq taqdirga tan berish, sabr-qanoat, ilohiy minnatdorlik bilan bog‘liq holda ifodalansa, ingliz maqollarida ushbu konsept shaxsiy mas’uliyat, ijtimoiy minnatdorlik, hayotdan qoniqish va amaliy qadriyatlar bilan uzviy aloqada namoyon bo‘ladi. Maqolada shukronalik konseptining universal va milliy-spetsifik xususiyatlari aniqlanib, ikki xalq madaniyatida minnatdorlik tushunchasining o‘xshash va farqli jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari kognitiv tilshunoslik, paremiologiya, madaniyatlararo kommunikatsiya sohalari uchun muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
shukronalik, konsept, xalq maqollari, paremiologiya, lingvokulturologiya, milliy mentalitet, qiyosiy tahlil.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.