Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 2 (2026) · pp. 78-84
YUSUF QISSASINING QUR’ONI KARIM VA TAFSIR MANBALARIDAGI TALQINI
Raxmatullayeva, Shaxnoza, Akbarova, Iroda
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Qur’oni karimda bayon etilgan Yusuf (a.s.) qissasining mazmun-mohiyati hamda uning klassik va zamonaviy tafsir manbalaridagi talqini chuqur tahlil qilinadi. Yusuf qissasi Qur’oni karimda alohida “Ahsan ul-qasas” — eng go‘zal qissa sifatida ta’riflanib, inson hayotidagi sabr, taqvo, adolat, sadoqat va ilohiy sinovlarga bardoshlilik kabi muhim axloqiy-falsafiy tushunchalarni o‘zida mujassam etadi. Maqolada qissaning nozil bo‘lish sabablari, syujet tuzilishi va asosiy obrazlari mufassirlar — Imom Tabariy, Zamaxshariy, Qurtubiy, Ibn Kasir kabi allomalarning tafsirlari asosida tahlil etiladi. Shuningdek, Yusuf (a.s.) obrazining payg‘ambarlik maqomi, tush ta’biri ilmi va ijtimoiy-axloqiy saboqlari tafsiriy yondashuvlar orqali ochib beriladi. Tadqiqot davomida qissaning diniy-ma’rifiy ahamiyati, tarbiyaviy xususiyatlari hamda bugungi jamiyat uchun dolzarb bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.
Yusuf qissasi, Qur’oni karim, tafsir, Ahsan ul-qasas, payg‘ambarlar qissasi, sabr va taqvo, ilohiy sinov, islomiy tafakkur, axloqiy tarbiya
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.