Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 2 (2026) · pp. 110-119
QISSADA MIFOPOETIK TALQIN VA USLUB DINAMIKASI
Shodmonqulov, Temurbek
Abstract
Mazkur maqolada qissa janrida mifopoetik talqin va uslub dinamikasining namoyon bo‘lish xususiyatlari Nazar Eshonqulning “Tun panjaralari” qissasi misolida tahlil qilinadi. Asarda inson ruhiyati, ichki “men” va tashqi borliq o‘rtasidagi ziddiyatlar ramziy-majoziy tasvir vositalari orqali ochib berilishi yoritiladi. XX asr Yevropa va rus adabiyotidagi modernistik izlanishlar, xususan, F.Kafka, J.Joys, A.Kamyu ijodiga xos psixologik talqin va mifologik qatlamlarning o‘zbek nasriga ta’siri masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Qissada tun obrazi, Shayton timsoli, tush motivi kabi mifopoetik unsurlar kompozision yaxlitlikni ta’minlovchi muhim omil sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, badiiy portretning statik va dinamik ko‘rinishlari, ichki monolog va ong oqimi elementlarining uslubiy vazifasi ochib beriladi. Maqolada mifologik tafakkur va zamonaviy ruhiy tahlil uyg‘unligi qissa poetikasining asosiy xususiyati sifatida baholanadi.
uslub, talqin, idrok, dinamik o‘sish, ifoda, tanlov.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.