Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 2-нөмір (2026) · 182-186-беттер
YOSHLAR IJODIDA AYOL OBRAZINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Turayev, Og‘abek, Ochilov, Shavkat
Аңдатпа
Mazkur tadqiqot zamonaviy yosh ijodkorlar asarlarida ayol obrazining o‘ziga xos badiiy-estetik va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Yoshlar ijodida ayol obrazi an’anaviy talqinlardan farqli ravishda shaxs erkinligi, ichki kechinmalar, individual ruhiy holat va ijtimoiy faollik bilan uyg‘un holda aks etadi. Tadqiqotda ayol obrazining zamonaviy tafakkur mahsuli sifatidagi yangicha qirralari, badiiy xarakter yaratishdagi o‘rni, ramziy va psixologik talqini yoritiladi. Shuningdek, yosh ijodkorlar asarlarida ayol obrazining gender yondashuv asosida ifodalanishi va uning estetik funksiyasi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
yoshlar ijodi, ayol obrazi, zamonaviy adabiyot, badiiy xarakter, psixologik talqin, gender yondashuv, estetik yangilanish
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.