Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 2-нөмір (2026) · 155-161-беттер
KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA DUAL TA’LIMNI JORIY ETISHNING ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARI: TAHLIL VA TAKLIFLAR
Аlimov, Ilhomjon
Аңдатпа
Mazkur maqolada kasbiy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim tizimini joriy etishning nazariy asoslari hamda xorijiy davlatlardagi ilg‘or amaliy tajribalar tahlil qilinadi. Dual ta’lim modeli ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash orqali nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlaydi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning real ish muhitiga moslashuvini tezlashtirish, kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ularning bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada dual tizimning ta’lim sifati va mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, yoshlar ishsizligini kamaytirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdagi strategik ahamiyati asoslab beriladi.
dual ta’lim, amaliy tajriba, nazariy bilimlar, ijtimoiy ko‘nikmalar, mehnat bozori, hamkorlik, ta’lim sifati, karyera yo‘nalishlari, pedagogik innovatsiyalar
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.