Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 2 (2026) · pp. 551-559
MEHR VA TUSHUNISH BILAN: AUTIZMLI BOLALAR OTA-ONALARI UCHUN MASLAHATLAR
Salimjonova, Gulhayo, Ovxunov, Iqboljon, Nabiyev, Sherzodbek
Abstract
Maqolada autizm spektri buzilishlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar yoritilgan. Maqolada autizmli bolaning rivojlanishida oilaning faol pozitsiyasi, izchil mehnat va mutaxassislar bilan hamkorlikning ahamiyatini asoslab beradi. Autizmning ijtimoiy muloqot, xulq-atvor va emotsional rivojlanishga ta’siri, oilaning bola hayotidagi hal qiluvchi o‘rni hamda ota-onalarning psixologik tayyorgarligi masalalari tahlil qilingan. Muallif ota-onalarning empatiyasi, sabr-toqati va pedagogik-psixologik kompetentligini oshirish bola rivojlanishida muhim omil ekanini ta’kidlaydi. Shuningdek, korreksion ishda qo‘llaniladigan amaliy metodikalar — kartochkalar bilan ishlash, sensor va motorikaga oid mashqlar, tartib va kun rejasini shakllantirish, ijtimoiylashuvni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlar bayon etilgan.
autizm, autizm spektri buzilishlari, oila, ota-onalar kompetentligi, korreksion ish, ijtimoiylashuv, sensor rivojlanish, motorika, empatiya, psixologik qo‘llab-quvvatlash, kun tartibi, adaptatsiya.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.