Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 2-son (2026) · 895-900-betlar
INTELLEKTIDA NUQSONI BО‘LGAN О‘QUVCHILARDA GEOMETRIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI
Yuldasheva, Saida
Annotatsiya
Mazkur maqolada intellektida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda geometrik tushunchalarni shakllantirishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida mazkur toifadagi o‘quvchilarning bilish faoliyati, idrok, tafakkur, tasavvur va fazoviy orientatsiya xususiyatlari o‘rganilib, ularning geometrik bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga ta’siri aniqlanadi. Shuningdek, geometrik tushunchalarni shakllantirishda vizual ko‘rgazmalilik, amaliy faoliyat, modellashtirish, didaktik o‘yinlar hamda interaktiv pedagogik texnologiyalarning samaradorligi asoslab beriladi. Maqolada intellektida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun moslashtirilgan metodik yondashuvlar, bosqichli o‘qitish tizimi va individual pedagogik qo‘llabquvvatlash mexanizmlari taklif etiladi. Tadqiqot natijalari maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, o‘quvchilarda geometrik tasavvurlarni rivojlantirish hamda ularning bilish faolligini oshirishga xizmat qiladi.
intellektida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar, geometrik tushunchalar, maxsus pedagogika, fazoviy tasavvur, ko‘rgazmalilik, didaktik o‘yinlar, pedagogik texnologiyalar, bilish jarayoni, maxsus ta’lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.