Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 2 (2026) · Саҳифаҳои 664-668
KASBIY MULOQOTDA KASBGA OID FRAZEOLOGIZMLARNING USLUBIY FUNKSIYALARI
Roʻziyeva, Farzonа
Аннотатсия
Mazkur maqolada kasbiy muloqot jarayonida qo‘llaniladigan kasbga oid frazeologik birliklarning uslubiy funksiyalari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda frazeologizmlarning professional nutqda ekspressivlikni kuchaytirish, baholash munosabatini ifodalash, kommunikativ ta’sirchanlikni oshirish hamda kasbiy tajribani ixcham va obrazli shaklda yetkazishdagi o‘rni yoritiladi. Kasbga oid frazeologik birliklar mutaxassislar o‘rtasidagi muloqotda nafaqat axborot uzatish vositasi, balki ijtimoiy-madaniy tajribani ifodalovchi stilistik birlik sifatida namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Tadqiqot davomida rasmiy, norasmiy va yarim rasmiy kasbiy diskurslarda frazeologizmlarning qo‘llanish darajasi hamda ularning nutqning emotsional-ekspressiv rangdorligini ta’minlashdagi ahamiyati ochib beriladi. Natijalar kasbga oid frazeologizmlar kasbiy muloqot samaradorligini oshirish, nutqni tabiiylashtirish va professional hamkorlik muhitini shakllantirishda muhim uslubiy vosita ekanligini ko‘rsatadi.
: kasbiy muloqot, kasbga oid frazeologizmlar, uslubiy funksiya, professional diskurs, nutq uslubi, ekspressivlik, kommunikativ ta’sir, frazeologiya, stilistika, lingvomadaniyat.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.