Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 2 (2026) · pp. 797-801
SAIDA ZUNNUNOVA SHE’RLARIDA SIFAT METAFORALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Arzikulov, Otabek, Xudoyorova, Ruhshona
Abstract
Ushbu maqolada Saida Zunnunova she’riyatida qo‘llanilgan sifat metaforalarning o‘ziga xos badiiy-uslubiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoira ijodida sifatlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi, ularning ruhiy holat, tabiat tasviri, rang va ramziy ma’nolarni ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot davomida sifat metaforalarning obrazlilikni kuchaytirish, lirik kechinmalarni chuqurlashtirish hamda poetik matnning emotsional ta’sirchanligini oshirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada shoiraning individual uslubi va poetik tafakkuri sifat metaforalar orqali namoyon bo‘lishi ilmiy asosda tahlil etiladi.
sifat metafora, badiiy tasvir vositalari, poetik nutq, lirik kechinma, ramziylik, obrazlilik, uslubiy xususiyati.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.