Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 2-нөмір (2026) · 815-819-беттер
O‘ZBEK TEXNIK TERMINLARINI STANDARTLASHTIRISH MEZONLARI
Axmedov, Zafarjon, Karabayev, Sanjar, Uraqov, Shokir
Аңдатпа
Ushbu maqolada o‘zbek texnik terminologiyasini standartlashtirish masalalari kompleks va tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda terminlarni me’yorlashtirishning lingvistik mezonlari – aniqlik, qisqalik, milliylik va xalqaro moslik nazariy hamda amaliy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, terminologiyada kodifikatsiya jarayonlarining bosqichlari, usullari va ularning zamonaviy elektron resurslar bilan integratsiyasi yoritiladi. Maqolada texnik terminlarni tartibga solishda davlat til siyosatining o‘rni, normativ-huquqiy hujjatlar va terminologik komissiyalar faoliyatining ahamiyati tahlil qilinadi. Energetika, informatika, elektrotexnika, mexanika va robototexnika kabi sohalar misolida standartlashtirish tajribasi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari texnik terminologiyani barqaror rivojlantirish, ilmiy-texnik muloqotni takomillashtirish hamda milliy terminologik tizimni xalqaro ilmiy makonga integratsiyalashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
terminologiya, texnik terminlar, standartlashtirish, kodifikatsiya, lingvistik mezonlar, milliylik, xalqaro moslik, davlat til siyosati.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.