Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 3 (2026) · Саҳифаҳои 93-97
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA GIBRID SO‘ZLARNING ONOMASTIK BIRLIKLARDA IFODALANISHI
Irgashev, Shavkatbek
Аннотатсия
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida gibrid so‘zlarning onomastik birliklarda ifodalanish xususiyatlari lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda turli tillar elementlari asosida shakllangan gibrid birliklarning nomlash jarayonidagi o‘rni, ularning semantik va struktur xususiyatlari hamda zamonaviy til tizimidagi funksional ahamiyati yoritiladi. Onomastik birliklar, xususan, ergonimlar, toponimlar va boshqa nomlash tizimlarida gibrid so‘zlarning qo‘llanishi til taraqqiyoti, globallashuv jarayonlari hamda madaniy aloqalar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada o‘zbek va ingliz tillarida gibrid nomlarning shakllanish mexanizmlari, ularning morfologik tuzilishi hamda kommunikativ-pragmatik vazifalari qiyosiy tahlil asosida ochib beriladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy onomastika va so‘z yasalishi jarayonlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
gibrid so‘zlar, onomastika, ergonim, toponim, so‘z yasalishi, qiyosiy tilshunoslik, nomlash tizimi, lingvistik tahlil
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.